VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lkasida qarluqlar o‘z davlatiga asos soldi. a) Qarluq qabilalarining boshqa turkiy qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashuvi natijasida X asrda vujudga kelgan davlat nomini yozing. b) XI asr boshlarida ushbu davlat G‘aznaviylar bilan qaysi hudud uchun kurash olib borganligini aniqlang va hudud nomini yozing.
- a)
- b)
Toʻgʻri javob: a) Qoraxoniylar davlatib) Xuroson
Qarluq, chigil, yag‘mo va boshqa turkiy qabilalar birlashuvi natijasida Qoraxoniylar davlati vujudga keldi. 1006- va 1008-yillarda qoraxoniylar G‘aznaviylarga qarshi Xuroson ustiga ikki marta qo‘shin tortgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Tarix)