Yo‘riqnoma: Test topshirig‘ining javobini topish uchun 10-savolda so‘ralgan davlatni xaritadan topish kerak. Xaritada Yevropa davlatlari berilgan. Ushbu davlat olimi hamma atomlar og‘ir yadroga ega ekanligini isbotlab, atomning planetar modelini yasadi. Bu modelda yadro (“quyosh”) atrofida elektronlar (“planetalar”) aylanar edi.

Toʻgʻri javob: D) 4
Ushbu test topshirig‘i abituriyentning xaritadan foydalanib o‘zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishini tekshiradi. Xaritada berilgan Yevropa davlatlari: 1) Fransiya, 2) Rossiya, 3) Germaniya, 4) Angliya. Hamma atomlar og‘ir yadroga ega ekanligini isbotlab, atomning planetar modelini yasagan olim angliyalik E. Rezerford hisoblanadi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). 9-sinf Jahon tarixi (M. Lafasov, U. Jo‘rayev, E. Xoliqov, D. Qodirova, “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2019)