XIX asr oxiri − XX asr boshlarida Misr (a), Tunis (b) va Liviya (c) ustidan hukmronlik qilgan davlatlar xaritada qaysi raqamlar ostida berilgan?

Toʻgʻri javob: A) a-4, b-1, c-3
Izoh:
Xaritada 4 − Buyuk Britaniya, 1 − Fransiya, 3 − Italiya, 6 − Germaniya, 5 − Rossiya, 2 − Ispaniya. Misrni 1882-yildan Buyuk Britaniya bosib olgan, Tunis 1881-yildan Fransiya protektorati, Liviya 1911−1912-yillarda Italiya tomonidan egallangan: a-4, b-1, c-3.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)