Quyidagi jadvalda voqea va uning natijasi o‘zaro mos berilgan qatorlarni aniqlang.
| № | Voqea | Natija |
|---|---|---|
| 1 | 1358-yilgi Jakeriya qo‘zg‘oloni | Dehqonlarni to‘lov evaziga qaramlikdan ozod etishning tezlashishi |
| 2 | 1929-yilning 24-oktabrida Nyu-York fond birjasida inqirozning boshlanishi | Jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishi |
| 3 | XIII asrda Movarounnahr va Xorazmning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi | Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Banokat va Xo‘jand shaharlarining taraqqiy etishi |
| 4 | 1736-yilda Nodirshohning hokimiyat tepasiga kelishi | Safaviylar sulolasi hukmronligining barham topishi |
| 5 | Puni urushlari | Minoy sivilizatsiyasining barbod bo‘lishi |
Toʻgʻri javob: A) 1, 2, 4
1) Jakeriya va boshqa dehqon qo‘zg‘olonlaridan so‘ng dehqonlarni to‘lov evaziga ozod etish tezlashdi − mos. 2) 1929-yil 24-oktabrdagi birja qulashi ("qora payshanba") jahon iqtisodiy inqirozini boshlab berdi − mos. 3) Mo‘g‘ullar bosqini shaharlarni vayron qildi, taraqqiyotga emas − mos emas. 4) Nodirshoh 1736-yilda shoh deb e’lon qilinib, Safaviylar hukmronligiga barham berdi − mos. 5) Minoy sivilizatsiyasi mil.avv. XV asrda barbod bo‘lgan, Puni urushlari Rim va Karfagen o‘rtasida bo‘lgan − mos emas.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)