Tarix · Mantiqiy fikrlash, tushunish, bajara olish qobiliyati va taʻlimning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari (xarita, jadvallar, diagrammalar va b.)

Quyida berilgan maʻlumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javoblarni aniqlang. XIX…

UZBMB namunasi. Avval oʻzingiz javob tanlang, soʻng tekshiring.

3-savol · UZBMB namunasi3 / 10

Quyida berilgan ma’lumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javoblarni aniqlang. XIX asrning II yarmi − XX asrning I yarmi. I – faqat Buyuk Britaniya, II – faqat Fransiya, III – ikkala davlat uchun umumiy. a) Millatlar Ligasi nomidan Osiyo va Afrikadagi katta hududlarni boshqarishga mandat olgan; b) Entoni Bler hukumati davrida mamlakat Iroqqa qarshi koalitsiyada ishtirok etdi; c) Madagaskarni o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi; d) "Monro doktrinasi" ga tayanib Samoa orollarini o‘ziga kiritdi; e) Panama kanali qurilishi huquqini AQShga berdi; f) Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi qabul qilindi; g) Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh bilan Atlantik xartiyani imzoladi; h) mamlakatda Milliy blok deb ataluvchi burjua partiyalaridan iborat guruh tuzildi; i) Misr ustidan o‘z protektoratini bekor qilib, uning to‘liq mustaqilligini tan oldi.

Eyler-Venn diagrammasi: ikki kesishuvchi oval. Chap oval "Buyuk Britaniya", undagi faqat o‘ziga tegishli qism I; o‘ng oval "Fransiya", undagi faqat o‘ziga tegishli qism II; ikki ovalning kesishgan (bo‘yalgan) qismi III.
Keyingi qadam

Endi oʻzingiz sinab koʻring

Namunani oʻqish boshi xolos. DTM blokini vaqt bilan, rasmiy shaklda yechganda ball ham chiqadi.

  • 90savol
  • 180daqiqa
  • 189ball