XIX asr oxiri − XX asr boshlarida quyidagi qaysi hududda Italiyaning mustamlaka rejalari amalga oshmadi va bu hudud o‘z mustaqilligini saqlab qoldi?
Toʻgʻri javob: A) Efiopiya
Test topshirig‘i jahon tarixining yangi tarix davriga oid. Birinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Italiya Efiopiyani o‘z mustamlakasiga aylantirish maqsadida 1896-yilda bu davlatga hujum qildi. Adua yonida Italiya qo‘shinlari tor-mor etildi va Efiopiya o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Somali, Liviya, Eritreya esa Italiya mustamlakasiga aylangan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). M.Lafasov, U.Jo‘rayev, E.Xoliqov, D.Qodirova. Jahon tarixi 9-sinf darsligi. "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2019. (85-123-betlar)