Quyidagilardan Yaponiyaning 1889-yilgi Konstitutsiyasiga nomuvofiq bo‘lganlarini belgilang. 1) imperator parlamentni chaqirish, ochish, tarqatib yuborish, qonunlar o‘rniga oliy farmonlar chiqarish huquqlarini o‘zida saqlab qoldi; 2) bosh vazir qo‘shinlarning Oliy bosh qo‘mondoni bo‘ldi; 3) imperator urush e’lon qilish, sulh tuzish huquqlarini o‘zida saqlab qoldi; 4) Vazirlar Kengashi faqat bosh vazirga hisob berar edi; 5) Vazirlar Kengashi faqat imperatorga hisob berar edi; 6) parlamentning barcha qarorlari Xalq Kengashida muhokama qilinishi kerak edi.
Toʻgʻri javob: D) 2, 4, 6
1889-yilgi Konstitutsiya bo‘yicha imperator parlamentni chaqirish, tarqatish, farmonlar chiqarish, urush e’lon qilish va sulh tuzish huquqlarini saqlab qoldi, Vazirlar Kengashi faqat imperatorga hisob berar edi (1, 3, 5 − muvofiq). Oliy bosh qo‘mondon imperatorning o‘zi edi, hukumat bosh vazirga emas, imperatorga hisobdor edi, parlament qarorlari esa Xalq Kengashida emas, imperator huzuridagi Maxfiy kengashda ko‘rilar edi (2, 4, 6 − nomuvofiq).
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)