Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar bir-biriga mos ravishda to‘g‘ri berilgan? № | Davlat | Voqea 1. | Usmonli davlati | 1914-yilda Bosh qo‘mondon mamlakat flotiga nemis admirali Sushan boshchiligida Rossiya hududlarini o‘qqa tutishga buyruq berdi 2. | Braziliya | 1880-yilda mamlakatda qulchilik bekor qilindi 3. | Avstriya-Vengriya | 1879-yilda Germaniya bilan ittifoq shartnomasi tuzildi 4. | Rossiya | 1916-yilda Birinchi jahon urushidan chiqdi 5. | Italiya | 1915-yilda Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi 6. | Buyuk Britaniya | 1916-yilda Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi
Toʻgʻri javob: A) 1, 3, 5
Test topshirig‘i jahon tarixining yangi tarix davriga oid. Uchinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ushbu test topshirig‘i abituriyentdan turli tarixiy davrlarda va davlatlarda bo‘lib o‘tgan voqealarni tahlil qilish, ularni qiyoslashni talab etadi hamda tahlil asosida jadval qatorlaridagi mos to‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanadi. 1) Usmonli davlati − 1914-yilda Bosh qo‘mondon mamlakat flotiga nemis admirali Sushan boshchiligida Rossiya hududlarini o‘qqa tutishga buyruq berdi; 3) Avstriya-Vengriya-1879-yilda Germaniya bilan ittifoq shartnomasi tuzildi. 5) Italiya − 1915-yilda Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). M.Lafasov, U.Jo‘rayev, E.Xoliqov, D.Qodirova. Jahon tarixi 9-sinf darsligi. "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2019. (85-123-betlar)