Quyida berilgan atamalar va ularning izohi to‘g‘ri moslashtirilgan javobni toping. I) Liberalizm; II) Patsifizm; III) Xartiya; IV) Izolatsionizm. a) parlamentarizm, demokratik erkinliklar va xususiy tadbirkorlik tarafdorlarini birlashtirgan ijtimoiy-siyosiy oqim; b) majburiy kuchga ega bo‘lmagan xalqaro aktning umumiy qoidalari va maqsadlarini ifodalaydigan hujjat; c) davlatlar o‘rtasida olib borilayotgan urushga qo‘shilmaslik imkonini ta’minlovchi huquqiy maqom; d) biron-bir davlatning xalqaro muammolarni hal qilishda ishtirok etishdan bosh tortish siyosati; e) zo‘ravonlikni bartaraf etish uchun unga qarshi kurash mafkurasi; f) urushayotgan tomonlardan birining urush harakatlarini, qurolli qarshilik ko‘rsatishni davom ettirishdan voz kechishi.
Toʻgʻri javob: D) I-a, II-e, III-b, IV-d
Liberalizm – parlamentarizm, demokratik erkinliklar va xususiy tadbirkorlik tarafdorlarining oqimi (a). Patsifizm – zo‘ravonlikka qarshi kurash mafkurasi (e). Xartiya – majburiy kuchga ega bo‘lmagan xalqaro hujjat (b). Izolatsionizm – xalqaro muammolarni hal qilishda qatnashishdan bosh tortish siyosati (d). c – neytralitet, f – kapitulyatsiya izohi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Tarix)