Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan? 1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi
Toʻgʻri javob: A) 2, 4
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining XVI-XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr tarixiga oid. Uchinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘ladi. Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qoladi. Natijada devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Bu esa o‘z navbatida viloyatlar butun hokimiyat hokimlari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planib qolishiga olib keldi. Bu omillar natijasida ashtarxoniylar hukmronligi davrida markaziy hokimiyat zaiflashgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). U.Jo‘rayev, Q.Usmonov, G.Jo‘rayeva, N.Norqulov. O‘zbekiston tarixi 8-sinf darsligi. "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2019. (30-bet)