Tarixiy voqealar to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) “Atirgullar inqilobi” yuz berdi; 2) Rossiya va Fransiya o‘rtasida Tilzit shartnomasi imzolandi; 3) harbiy ittifoq − “Uchlar ittifoqi” tuzildi (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya); 4) “Iyul monarxiyasi” quladi.
Toʻgʻri javob: C) 2, 4, 3, 1
Izoh:
Tilzit shartnomasi − 1807-yil (2); Fransiyada “Iyul monarxiyasi” 1848-yilgi inqilobda quladi (4); “Uchlar ittifoqi” − 1882-yil (3); Gruziyadagi “Atirgullar inqilobi” − 2003-yil (1). Tartib: 2, 4, 3, 1.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)