Quyidagi qo‘zg‘olonlardan qaysi biri Somonxudotning nabiralari tomonidan bostirilgan?
Toʻgʻri javob: A) Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon
Test topshirig‘i O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar davriga oid. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. 806-yilda arab lashkarboshchisi Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Xuroson noibi Ma’mun Somonxudotning nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, yordam so‘raydi. Qo‘zg‘olon Somonxudot nabiralari tomonidan bostiriladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). A.Muhammadjonov. O‘zbekiston tarixi 7-sinf darsligi. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent−2017. (37-bet)