1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi?
Toʻgʻri javob: A) respublika tuzumi o‘rnatish
Test topshirig‘i jahon tarixining yangi tarix davriga oid. Ikkinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Fransiya qiroli Karl X tomonidan 1830-yil mamlakat parlamenti tarqatib yuborildi. Qirol fuqarolarning saylov huquqlarini yanada cheklashini ma’lum qildi. Bu esa Parij shahrida inqilob boshlanishiga olib keldi. Inqilobning asosiy maqsadi Fransiyada Respublika tuzumini o‘rnatish edi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). R.Farmonov, U.Jo‘rayev, Sh.Ergashev. Jahon tarixi 8-sinf darsligi. "Cho‘lpon" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2019. (105-bet)