Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni to‘g‘ri berilgan?
Toʻgʻri javob: A) Go‘ro‘g‘li asrab olgan farzandlarini bir-biriga quda qilish maqsadida Avazxonning qizi Gulanorni Ravshanxonga so‘rab sovchilikka boradi, ammo Avaz o‘zini boshqalardan ustun tutadi, hatto: “Qizim tugul kuchugimdan sadag‘a”, − deya ochiqdan ochiq haqorat qiladi.
Xalq og‘zaki ijodiga mansub ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun abituriyentlardan o‘quv darsliklarida berilgan xalq dostonlari, ulardagi voqealar bayoni haqida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi. “Ravshan” dostoni voqealari bayonining to‘g‘ri talqini «Go‘ro‘g‘li asrab olgan farzandlarini bir-biriga quda qilish maqsadida…» bayonida berilgan. Qolgan bayonlarda esa ushbu dostonga xos voqealar noto‘g‘ri talqin qilingan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). Q.Yo‘ldoshev va boshqalar. Adabiyot. 7-sinf uchun darslik. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent−2017