Ona tili va adabiyot · Matn ustida ishlash

TAVSIYANOMA 1. Men, Inʻomova Adolatxon, 1980-yilda tugʻilganman. Hozirda Toshkent shahridagi 17-umumtaʻlim…

UZBMB namunasi. Avval oʻzingiz javob tanlang, soʻng tekshiring.

11-savol · UZBMB namunasi11 / 13

TAVSIYANOMA 1. Men, In’omova Adolatxon, 1980-yilda tug‘ilganman. Hozirda Toshkent shahridagi 17-umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlayman. 2. Aliyeva Shahlo Mirsodiq qizi 2003-yilda tug‘ilgan. U hozirda men rahbarlik qilayotgan maktabning 11-“B” sinfida tahsil oladi. Sh.M.Aliyeva − bilimli, tirishqoq, jamoatchilik ishlarida faol o‘quvchi. U ustozlari va sinfdoshlari bilan munosabatlarda samimiyligi, kamtarligi va shirinsuxanligi bilan ajralib turadi. Sh.M.Aliyeva so‘nggi yillarda ko‘plab yutuqlarga erishdi, xususan, joriy yilda shahar va respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida ishtirok etdi, she’rxonlik va adabiyot sohasiga oid turli ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egalladi. Uning bir nechta she’riy kitoblari chop etildi va yoshlar tomonidan sevib o‘qilmoqda. 3. Sh.M.Aliyevaning kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oluvchi mutaxassis bo‘lib yetishishiga ishonch bildiraman va uni shoira Zulfiya nomidagi mukofotga tavsiya etaman. 2020-yil 18-iyun (imzo) A.In’omova Ushbu TAVSIYANOMA matnining raqamlab ko‘rsatilgan bandlari mazmuniga oid to‘g‘ri hukmni aniqlang.

Keyingi qadam

Endi oʻzingiz sinab koʻring

Namunani oʻqish boshi xolos. DTM blokini vaqt bilan, rasmiy shaklda yechganda ball ham chiqadi.

  • 90savol
  • 180daqiqa
  • 189ball