1. XXI asrda muvaffaqiyat qozonish uchun qanday ko‘nikmalar ustida ishlash kerakligini bilasizmi? Pablo Pikasso "Men doimo uddalash qiyin bo‘lgan ishni qilaman. Shundagina men uni qanday bajarish mumkinligini bilib olaman", − deb yozgan edi. 2. Ishda yuksalish, baxtiyor yashash va muvaffaqiyatga erishishda quyidagi ko‘nikma va qobiliyatlarning o‘rni yuqori: kreativlik, ijodkorlik, ijodiy yondashuv; muzakora olib borish qobiliyati; tanqidiy fikrlash; intellekt; menejment; murakkab muammolarni hal qilishda ko‘p yechimli yondashuv; kommunikativlik. 3. Maktab partasidanoq yuqorida sanab o‘tilgan ko‘nikmalarning egallashga va o‘rganishga urinish yorqin kelajagingiz garovi bo‘lishi mumkin. (Internet ma’lumotlaridan) Internet ma’lumotlari asosida tayyorlangan ushbu matnni o‘qing va raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi moslashtirib ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni belgilang. a) imloviy xatolik; b) ishoraviy xatolik (punktuatsion); c) uslubiy xatolik (qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolik).
Toʻgʻri javob: A) 1-b, 2-a, 3-c
Ushbu test topshirig‘i nutqiy kompetensiyani (o‘qib tushunish) baholashga qaratilgan bo‘lib, abituriyentning matn bilan ishlash ko‘nikmasini tekshiradi. Matn asosida ikkita test topshirig‘i berilgan bo‘lib, dastlabki test topshirig‘i matnning imloviy, uslubiy, punktuatsion xususiyatlari tahliliga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi test topshirig‘i bevosita matn mazmunini tushunishni baholashga qaratilgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). amaldagi ona tili darsliklari