Noyabr oyidagi Milliy sertifikat imtihonlariga birinchi kunning oʻzida 213 mingdan ortiq talabgor roʻyxatdan oʻtgani sababli biologiya, kimyo, fizika va matematika imtihonlari uchun yangi sanalar belgilandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi 29-oktyabr kuni maʼlum qildi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, imtihonlar quyidagi kunlarda oʻtadi:
| Fan | Sana |
|---|---|
| Biologiya | 21- va 23-noyabr |
| Kimyo | 22- va 24-noyabr |
| Fizika | 24-noyabr, qogʻozda |
| Matematika | 28–30-noyabr |
Sanalar har bir fan va hududdagi talabgorlar soniga qarab tanlangan. Fizika fanidan imtihon ham shu sababli anʼanaviy, qogʻoz shaklida oʻtkaziladi.
Bu fanlar boʻyicha roʻyxatga olish 16-oktyabr kuni my.gov.uz orqali boshlangan edi.
Milliy sertifikat formatidagi sinovlarni zehniy.uz saytida ishlab koʻrishingiz mumkin.
